Faxriylar tavsiyasiga tayanib…

Date:

Yangicha metod va qarashlar bilan yondashgan holda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishni zamon talabi deb bilamiz. Qolavesa, jahon standartlariga moslashishga ham katta e’tibor qaratilgan. Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki, ta’lim tizimida faxriy ustozlarimizning tajribasidan foydalanish, ularning fikrlariga tayanish ham yaxshi va yuqori natijaga erishishga xizmat qilishini unutmaslik lozim. Shu maqsadda Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabida vohamizdagi ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega faxriy o‘qituvchilar va maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlar ta’lim-tarbiyasida otalar rolini oshirish bo‘yicha ustozlarning taklif va tavsiyalari hamda fikrlari tinglandi. Albatta, ularning taklif va tavsiyalari ortida yoshlarning kelajakda, jamiyat hayotida o‘z o‘rnilariga ega bo‘lishlari uchun qanday yo‘l tutmoqlik lozimligi haqida kuyunchaklik bilan aytilgan fikrlar ustuvorlik qildi.
Faxriy ustozlarning taklif va tavsiyalari asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Va ushbu yo‘l xaritasi amaliyotga tatbiq etilib, har bir hududda faxriy ustozlar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkaziladigan, ustoz-pedagoglarning maslahatlari olinib, shu asosida farzandlar ta’lim-tarbiyasi, ta’lim sifatini yaxshilash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun