SOG‘LOMLASHTIRISH YO‘LIDA

Date:

Avval sihat-salomatlik, so‘ng esa boshqa jihatlarga e’tibor qaratamiz. To‘g‘ri-da, sog‘lom insongina yangidan-yangi g‘oyalar, loyihalar ustida bosh qotira oladi. Sog‘ligi joyida bo‘lmagan odam esa salomatligidan boshqa narsani o‘ylay olmaydi. Shunday ekan, insonning bolaligidanoq jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun ovqatlanish ratsioniga alohida va jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Shu jihatdan vitamin va minerallarga boy taomlar bo‘lishi shart va zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish uchun 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar tashkil etildi. Seminar davomida esa bolalarning sog‘lom ovqatlanishi va bu borada amalga osirilishi zarur bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, ovqatlanishni qiziqarli mashg‘ulot sifatida o‘tkazish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda, albatta, tarbiyachi-pedagoglardan mohirlik, o‘z ishiga yondashishlari lozimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun