Kurashga qaytish o‘zlikka qaytishdir

Date:

Bolaligimizda qo‘shni bolalar bilan chillak o‘ynardik. Sal ulg‘ayib, kurash tushardik. Kuchimiz yetsa-yetmasa, bir-birimizning yengimiz, belbog‘imizdan mahkam tutgancha, ko‘tarib urishga, kuragini yerga tekkazishga urinardik. Ehhe, ko‘p bora g‘olib kelib, son-sanoqsiz yutqizganman. Ammo, shu tariqa kurashishni, hayotning ham katta kurash maydoni ekanini anglaganim bor. Bu hayot ham halollikni, mardlikni xush ko‘rib, g‘irromni xushlamasligini o‘zi o‘rgatib qo‘yarkan. Bolalikdagi kurashlar hayotga ko‘charkan. Qanday yaxshi. Ana shu anglashlarni, oddiy haqiqatlarni anglatgan milliy o‘yinlarimizning kuchiga, falsafasiga qoyil qolaman. O‘z-o‘zidan kecha va bugunni solishtiraman. Bolalarimiz kurashmay qo‘ydi. Chillak o‘ynamaydi, tabiat qo‘ynida milliy o‘yinlardan bahra olmaydi, chiniqmaydi. Ularni virtual olam, internet-u telefon, bir so‘z bilan aytganda texnika tarbiyalayotgandek, vaqtini chog‘ o‘tkazayotgandek.
Hali kech emas, o‘zlikka, milliylikka qaytish fursati bor. Farzandlarimizning hayotiga turmush tarzini targ‘ib qilishimiz, milliy o‘yinlarning qiymatini, qimmatini o‘rgatishimiz kerak. O‘rgatish esa shunchaki tushuntirish, o‘yna deyish bilan bo‘lmaydi. Ular bilan birgalikda o‘ynaylik, amalda ko‘rsataylik. Kurashning zavqini, shavqini sezishsin. G‘oliblik va mag‘lublikning hissini tuyishsin, ana shundagina ularni to‘xtatib bo‘lmaydi. Vujudidagi alp bobolarining qoni ko‘piradi, o‘zligiga qaytib, yuragida otash-olov yona boshlaydi. O‘zbekning bolasi esa faqat va faqat ana shunday bo‘ladi.
Jismonan va ruhan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, bolalar va yoshlarning keng ko‘lamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, maktab o‘quvchilarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish, milliy sport turlarini qayta tiklash esa “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturidan o‘rin egallagan bosh maqsadlaridandir. Shu maqsadda joylarda partiya tashabbusi asosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda turli sport musobaqalari tashkil etilib kelinayotir. Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan, milliy sport o‘yinlaridan bo‘lmish milliy kurash bo‘yicha Muzrabot tumani hokimligi bilan hamkorlikda tumandagi BO‘SMda 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Muzrabot tumani birinchiligi esa yuqoridagi fikrimizning nchog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlay oldi. Sababi maydonga tushgan bolalarning ko‘zida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, raqibini yengishga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rish mumkin. Tadbirda tuman hokimligi masʼullari, partiyaning viloyat Kengashi rahbari va aʼzolari hamda yoshlar ishtirok etdi.
So‘z olganlar tomonidan Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor, joylarda barpo etilayotgan zamonaviy stadion va muhtasham sport inshootlari oilada, mahallada va butun jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda yuksak samaralar berayotgani alohida taʼkidlandi.
Kurash qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Asosiysi yosh polvonlar ham, tomoshabinlar ham kurashdan zavq oldilar, vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. Bu esa hududda milliy sport o‘yinlari bo‘yicha turli musobaqa va tadbirlar tez-tez tashkil etish reja qilindi va kurashga qiziquvchi yoshlarni qamrab olishga kelishib olindi.
— Men hozir o‘n yoshdaman. O‘n yoshimdan buyon sportning milliy kurash turi bilan shug‘ullanib kelayapman. Turli musobaqalarda qatnashib, yutuqlarga ham erishdim. Bugungi musobaqa ham qiziqarli bo‘ldi. Men unda “Kurash usullarini eng yaxshi bajargan yosh sportchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldim, xursandman, — deydi G‘olibbek Choriyev.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga Muzrabot tumani hokimligi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashining diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

— “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqa ham biz kurashchilar uchun yana bir imtihon bo‘ldi, — deydi tumanning “Аnorzor” mahallasida yashovchi, o‘n yetti yoshli kurashchi Elbek To‘raqulov. —Kelgusida yetuk kurashchi bo‘lib, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqchiman, bellashuvda +77 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikka erishdim, tashkilotchilarga rahmat.

Ulug‘bek Xo‘jaqulov,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisining Mafkuraviy masalalar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun