Inson qadri uchun…

Date:

Ba’zida biror joyimiz og‘rib, shifokor qabuliga borishga erinamiz. Yo‘l bosish, navbat kutishni o‘ylab xafsala qilmaymiz. Og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlar esa jonimizga ora kirganday bo‘ladi. Ammo, bu vaqtinchalik ekani xayolimizga ham kelmaydi. Axir kasallikka tashxis qo‘ydirish va kerakli muolajaani olish shart va zarur-ku! Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Denov tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, sog‘ligida shikoyati bor bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rikning tashkil etilgani denovliklar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Tibbiy ko‘rik davomida nevropatolog, okulist, travmatolog, dermatovenerolog, onkolog, endokrinolog, ftiziatr, kardiolog, lor, infektsionist, UZI va boshqa tibbiyot mutaxassislari 1 368 nafar og‘ir toifadagi fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli tibbiy maslahatni berib, yordam ko‘rsatdilar.
Aytish kerakki, ko‘rik jarayonida 36 nafar fuqaroga Denov TTB bo‘limlariga, 11 nafar fuqaroga viloyat DPMlariga, 8 nafar fuqaroga esa respublika DPMlariga statsionar davolanishga yo‘llanma berildi. 5 nafar fuqaroga esa order berish tavsiya etilgan bo‘lsa, 22 nafar bemorga kasalliklariga qarab kerakli dori-darmonlar ulashildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun