…javobgarlikka tortildi

Date:

Surxon vohasida g‘alla yig‘im-terimi qizg‘in tus olgan. Hatto, ba’zi tumanlar o‘zlariga berilgan rejani ortig‘i bilan bajarib ham bo‘lishdi. Nima bo‘lganda ham bir boshoq ham g‘allani nest-nobut qilmay terib olish g‘allakor va fermer-dehqonlarimiz oldidagi birinchi galdagi vazifaga aylangan. Shu o‘rinda aytish kerakki, g‘alladan mo‘l hosil olishga olib, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborish holatlari ham afsuski uchrayapti. Bunday ish qilgandan ko‘ra, ushbu yer maydonlaridan oqilona foydalanish ham mumkin edi-ku! Qolaversa, somon qoldiqlarini yoqib yuborish ona tabiatga, ekologiya katta zarar ekanini har bir fuqaro ongli mavjudot sifatida yaxshi biladi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlari davomida ana shunday g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborish holatlar aniqlandi. Tumandagi “Neftchilar” mahallasida joylashgan “Elomon Murodovich” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 4 gektar yer maydoni ham takroriy ekin ekish vaji bilan yoqib yuborilganiga nima deysiz? Tumanning “Bobotog‘” mahallasida joylashgan “Oltin Sharq maskani” fermer xo‘jaligida ham g‘alladan bo‘shagan 2 gektar yer maydonida ham ayni shu holat.
Mazkur holatlar yuzaga kelishiga ma’suliyatsizlik qilgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazgan zarari uchun jarima undiriladigan bo‘ldi. To‘g‘ri, mas’ul fermerlar zarar summasini to‘lar, ammo vaqtni ortga qaytarib bo‘larmikan? Nima bo‘lganda ham bu kabi nazorat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etayotir. Ehtiyot bo‘ling, bu safar aynan siz reyd tadbirining “qahramoni” bo‘lib qolishingiz mumkin. Shunday ekan, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymang!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun