5 oyda 116 ta jinoyat…mas’ullar qayerga qarayapti?

Date:

Hech bir inson ona qornidan tug‘ilganidayoq ko‘ngliga jinoyatchi bo‘laman degan maqsadni qo‘ymaydi. Norasidani qaysi tomonga yetaklasangiz, ana o‘sha tomonga qarab odimlaydigan paytdayoq to‘g‘ri tarbiya berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilmasa, atrof-muhit ham bunga sababchi bo‘lsa, bolada beixtiyor jinoyatchilikka moyillik paydo bo‘la boradi.
Yoshligidanoq boshqalar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, birovning haqidan tiyilish, nohaqlikka murosasiz bo‘lish kabi tushunchalar singdirilgan, bir so‘z bilan aytganda, “ma’naviy immunitet” bilan emlangan bola esa jinoyatchilikning ko‘chasidan ham o‘tmaydi.
Qumqoʻrgʻon tumanidagi kriminogen vaziyat tahlil qilinganda joriy yilning 5 oyi davomida jami 116 ta jinoyat sodir etilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5 taga oshgan. Shuningdek, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar soni 19 taga yoki 35,2 foizga oshib ketishiga yoʻl qoʻyilgan.


Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida oʻtkazilgan muhokamada tuman sektor rahbarlari, ichki ishlar organlari hamda mahalla mas’ullari va profilaktika inspektorlarining hisoboti tinglandi.
Sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan 115 ta muhokama yigʻilishlari oʻtkazilgan boʻlishiga qaramay, ularning 35 tasida sektor rahbarlari, xususan 16 tasida 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi ishtirok etmagan. Bunga sabab esa ayollar, yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha yetarli choralar koʻrilmagan. Bu ham yetmaganidek, hattoki maktabda o‘qib yurgan o‘quvchi-yoshlar tomonidan ham jinoyatchilik sodir etilgan. Tumandagi 10-maktab o‘quvchilarining 2 nafari o‘g‘irlikka qo‘l urgan. Bu esa yoshlar ta’lim-tarbiyasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganidan dalolat emasmi? Ayni o‘qib-o‘rganish, ilm olib, yaxshi inson bo‘lib yetishish pallasidagi bolalarning nomi “qora ro‘yxat”ga tushib qolayotgani, uning kelajagini so‘roq ostiga qo‘ymaydimi? Bundayin vaziyatlarning oldini ololmayotgan yoki jinoyatchilikka “ko‘z yumayotgan” mas’ullar vazifasiga munosibmi? Masalaning bu tomoni viloyat hokimining qattiq e’tirozi va ogohlantirishiga sabab bo‘ldi.

E’zoza Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tizimda yangi choralar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz...

Mahalla muammolardan holi hududga aylanadimi?

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlaridagi mahallalari...

MAROSIMLAR MAROMIGA YETDI

Soya-salqinda, yam-yashil maysazor ustida sochlarini qirq kokil qilib, do‘ppi...

SHIRIN TASHVISHLARGA BOSHLAYDI, LAPAR

Navro‘z milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz tarannum etiladigan ayyomdir. Onamizning shirali...
KunTun
KunTun