Surxondaryoning barcha hududida…

Date:

Yurtimizda yuritilayotgan oqilona siyosat natijasida xalqimizning bitta bo‘lsa-da, vakilini ishli qilib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak ko‘rsatilsa, demak ko‘zlangan maqsadga erishilgan bo‘ladi. Hududlarda bu borada amalga oshirilgan ishlarning natijasi o‘laroq, bir emas, o‘nlab, yuzlab, hatto minglab ish o‘rinlari yaratilib, fuqarolarning bugungi davlat boshqaruvidan roziligi va mamnunligiga erishilayotir. Ko‘plab loyiha va g‘oyalarning amaliyotga tadbig‘i esa ana shunday ishlarning izchil davomidir. Sherobod tumanida ham ayni shunday loyihalarning navbatdagisi yo‘lga qo‘yildi.
Tumanning “Taroqli” mahallasi hududida foydalanilmayotgan bino taʼmirdan chiqarilib, subsidiya asosida jihozlar bilan taʼminlandi va 10 ta yo‘nalishda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikromarkaz tashkil etildi. Natijada esa 150 nafar xotin-qizning bandligini taʼminlandi.


Qarabsizki, monomarkazda ish jarayoni qizg‘in. Xotin-qizlar qunt va ishtiyoq ila hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga kirishib ketgan. Ishchi-xodimlarning o‘z ishiga ixlos bilan yondashganini kuzatgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yaratilgan ish o‘rinlari, qizg‘in ish jarayonlari bilan tanishib, masʼullarga viloyatning har bir hududida bu kabi mikromarkazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi.
Monomarkaz faoliyati bu bilan cheklangan emas, balki markaz qoshida “Mahalla” xayriya jamoat fondi homiyligida aholiga parranda tuxumlarini ochirish va jo‘ja yetkazib berish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa faoliyatni kengaytirishga, qolaversa, aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish orqali bandligini taʼminlash maqsadida jo‘jalarni bepul yetkazib berishga imkon beradi.

Hilol

Oldingi sahifaАqlli himoya
Keyingi sahifaJARQO‘RG‘ONDA ILK BOR…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun