“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi

Date:

Kambag‘allik rivojlanishning kushandasi. Shunday ekan, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash davlat siyosati darajasidagi masala bo‘lmog‘i lozim. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham ayni masala muhokama qilindi va qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Denov tumanida mazkur vazifalarni tizimli rivojlantirish maqsadida tuman hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida tadbirkorlar va tegishli mas’ullar bilan “Lochin” massivida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda qanday yo‘l tutilsa, kambag‘allikni qisqartirish choralari muhokama qilindi. Tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, munosib qo‘llab-quvvatlansa, bandlik masalasini hal etishda zarur imkoniyatlar yanada kengayishi ta’kidlandi. Shuningdek, kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladigan, qolaversa, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladigan bo‘ldi.


Kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda o‘qib hunarli bo‘lgan fuqarolarning ish bilan bandligini ta’minlash zarurligi bildirildi. Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash va mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.
Tadbirda tuman tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi tashkil etildi. Tadbir so‘ngida “Eng namunali tadbirkor” deb topilgan 4 nafar tadbirkorga tuman hokimining tashakkurnomasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun