MIRZO KENJABEK KUTUBXONASI OCHILDI

Date:

Adabiyot bir bo‘ston bo‘lsa, surxondaryolik shoir-ijodkorlar shu bo‘stonning yuragi. Ana shunday zabardast shoirlardan biri sifatida esa albatta, Mirzo Kenjabek nomini e’tirof etamiz. She’rlarida e’tiqod, sevgi-muhabbat tuyg‘ulari, og‘riqlari, dardlari yedirilgan shoirning har misrasining o‘z yuki, zalvori bor. O‘qiganingiz sayin xayolot olamingizda o‘ziga xos tasvirlar gavdalanib, shoir aytmoqchi bo‘lganlarini his etasiz. Shoirni shoir qilgan u tug‘ilib o‘sgan qishloq, sodda va samimiy odamlar bo‘lsa kerak. Purviqor tog‘lor, zilol soylar-u kartinadek bor go‘zalligini yoygan ona tabiat, borliq bo‘lsa kerak. Jamiiyki, unsurlar shoir yuragiga jo bo‘lgan-u butun dunyoga tatiydigan she’r yaralgandek.


Mirzo Kenjabek ijodi ana shunday qadrli, o‘quvchi uchun esa sevimli. O‘lmas tarjimalari esa ilm yo‘lida izlanuvchilar uchun qimmatli qo‘llanmadir. Shoir tug‘ilib o‘sgan Mehnat qishlog‘idagilar Mirzo Kenjabekni o‘zimizni shoir deya doimo alqaydi, qadrlaydi. Bu safar esa qishloqdagi 5-umumta’lim maktabida shoir, tarjimon, jurnalist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, «Ma’naviyat fidoyisi», «Mehnat faxriysi» hamda xalqaro «Oltin meros» medallari sohibi Mirzo Kenjabek bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.
Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid boshqardi. So‘zga chiqqanlar shoir Mirzo Kenjabekning ijodi va ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida samimiy so‘zlarni aytdilar. Maktab o‘quvchilari esa shoirning she’rlaridan o‘qib berdilar.


Tadbir bahona maktab qoshida shoir Mirzo Kenjabek kutubxonasi ochildi.
Kechaning qahramoni Mirzo Kenjabek so‘zga chiqib, bunday e’tibordan mamnunligini, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so‘ng, o‘zbek adabiyoti, she’riyat haqida fikr bildirib, endigina ijod olamiga kirib kelayotgan yoshlarga omad va ijodiy barkamollik tiladi. O‘z she’rlaridan o‘qib, barchaning so‘ngsiz olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Yangi tashkil etilgan Mirzo Kenjabek kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va adabiyot muxlislari tomonidan ikki mingdan ortiq adabiy-badiiy va tarixiy kitoblar tuhfa qilindi. Kutubxona xazinasini boyitish maqsadida yana ikki mingdan oshiq kitoblar sovg‘a qilinishi rejalashtirilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Homiylik asosida uy-joy qurib berilmoqda

To‘rt muchangiz sog‘ bo‘lsa, ishlab, harakat qilib, yaxshi niyat...

Kimlarga bug‘doy “ilin”di

Yerning “yuragini sug‘urib” oladigan dehqon ham, agrotexnik tadbirlardan samarali...

Samarqand-u Buxorodan Xorazmgacha…

Sayr-u sayohat ko‘ngildagidek xordiq bilan birga yangidan-yangi bilimlarni, kelajak...

Talabalar turar joyi qurilmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz shahrida filiali ochilishi Surxondaryo viloyatida...
KunTun
KunTun