Rejani ortig‘i bilan bajardi

Date:

Yer bilan tillashib, erta bahordan ekin-tikin ishlarini boshlab, kerakli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajargan fermer va dehqonlarning dalalarida bugun g‘alla mo‘l hosil bergan. Ayni pishib yetilgan boshoqlarni yig‘ib terib olish ishlari esa allaqachon boshlab yuborildi.
Erta tongdan muzrabotlik va jarqo‘rg‘onlik mirishkor-dehqonlar yig‘im-terim ishlariga kirishdilar. Jarayon esa qizg‘in tus olgan. Ishlar qanday kechayotganini kuzatish maqsadida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov esa Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘onlik Jamshidbek” fermer xo‘jaligi g‘alla maydonida bo‘lib, o‘rim-yig‘im jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida tuman sektor rahbarlari, otyardlar, fermer xo‘jaliklari vakillari, kombayn haydovchilari, xo‘jalik ishchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Boshlangan mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alla donlarini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish lozimligi ta’kidlandi hamda faol ishchi xodimlarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirilgan bo‘lsa, Muzrabotda boshlangan ishlarning xushxabari daragi zumda butun viloyat bo‘ylab tarqaldi. Tumandagi “X.Berdiqobilov” hududidagi “Asliddin Alimov” fermer xo‘jaligi tomonidan yaxshi niyat bilan 50 gektar yer maydoniga ekilgan g‘alla o‘rimining ilk kunlaridanoq fermer xo‘jaligi o‘z oldiga qo‘yilgan 170 tonna davlatga bug‘doy sotish rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun