Jarima to‘lashdan saqlaning

Date:

Kitob o‘qish yoki musiqa tinglash sevimli mashg‘ulotimiz bo‘lishi mumkin. Hatto ko‘chaga chiqqanimizda ham yo‘l bo‘ylab quloqchinlarimizni taqqancha musiqa tinglashda davom etsak, ba’zida voqealar rivojiga qiziqib, mutolaani ham kanda qilmaymiz. Ammo, bu katta yo‘ldan o‘tayotganda to‘xtatilishi lozim, chunki yo‘l qoidasiga amal qilish shart va zarurat.
Xolbuki, “piyodalar yo‘lakchasidan o‘tyapman-ku”, “mashinalar kutadi-da”, deya qoidaga amal qilmaslik yo‘l transport hodisalariga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatga sabab bo‘lmasa-da, yo‘lovchiga qimmatga tushishi aniq. Qanday deysizmi, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanish, kitob yoki davriy nashrlarni o‘qish, video va audio materiallarni tomosha qilish yoki eshitish, xullas e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish, qolaversa, yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish BHMning uchdan bir qismi (110 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun