… NE UCHUN MADH ETMAYIN!

Date:

Vatan! Vatan nima? Yashash uchun makonmikan? Yo bo‘lmasa, ajdodlardan meros qolgan bir parcha yermikan? Vatan – bu bizning tug‘ilib o‘sgan uyimiz, kindik qonimiz to‘kilgan zamin, ota-bobolarimizdan meros qolgan yer, ularni har damda eslatuvchi makondir. Bizning tug‘ilib o‘sgan vatanimiz – O‘zbekiston! O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat tinch-totuv va farovon yashab kelmoqda. O‘zbegimning urf-odatlari, milliy qadriyatlari, milliy liboslari, milliy taomlari madaniy meros sifatida dunyoga tanilgan. Shuningdek, Samarqand, Xiva, Buxoro kabi qadimiy shaharlari va qadimiy yodgorliklari bilan ham mashhur.
Vatan haqida o‘ylasam, har safar O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi yodimga tushadi. Unda xalqimizning shavkatli tarixi o‘z ifodasini topgan. ha, ha unda har bir vatandoshimiz “g‘oz yuraman gerdayib” deya jannatmakon yurtda tug‘ilganidan g‘ururlanadigan insonlar madh etilgan.
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Maliklar vatanimiz tuprog‘ini yovlardardan asrash yo‘lida mislsiz qahramonliklar ko‘rsatgan buyuk shaxslardir. Hatto, ular shu yo‘lda jonini qurbon qilishga tayyorligini, vataniga bo‘lgan muhabbati cheksiz ekanligini va biz yoshlar shunday buyuk ajdodlarimizdan o‘rnak olishimiz kerakligini ana shu misralar orqali qayta-qayta anglab yetishimiz mumkin.
O‘zbek xalqi dunyo adabiyoti, fani, madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkir insonlari bilan ham dovrug‘ qozongan. Alisher Navoiy she’riyat mulkida shohu sulton ekanligi, Al-Xorazmiy “algebra” faniga asos solgani, Mirzo Ulug‘bek “Ko‘ragoniy jadvali”ni tuzgani-yu, Ibn Sino “Tib qonunlari ” kitobini yozganligi O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov: “Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali”, deya ta’kidlagani ona diyorimizda naqadar ulug‘ siymolar, olimlar, faylasuflar yetishib chiqqanidan dalolat beradi. Erkin Vohidov aytganidek:
Tarixing bitmakka, xalqim
Mingta Firdavsiy kerak.
Haqiqatan shunday… Biz yoshlar esa shunday buyuk ajdodlari bor yurtda yashar ekanmiz, ularning avlodlari ekanligimizdan faxrlanishimiz kerak. Ularga munosib barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishimiz lozim. Zero, vatan barchamiznikidir. Vatanimizning ravnaqiga, taraqqiyotiga, har jabhada yuksalishi uchun har birimiz ma’suldirmiz. Men shu yurtda tug‘ilganimdan baxtiyorman. Yurtim uchun jonim fido bo‘lsa arziydi. Shunday ekan, O‘zbegim deb keng jahonga ne uchun madh etmayin!!!

Dinora Otaniyazova,
Muzrabot tumanidagi 56-maktab o‘quvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun