Respublikada ikkinchi…

Date:

Kuni kecha “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ushbu bosqich g‘oliblari tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etdilar-u ko‘plar qatori o‘z viloyati, maktablari sharafini himoya qilishga kirishdilar. Turgan gapki, targ‘ibotchilarning faoliyatiga belgilangan talab va nizomlardan kelib chiqib baho berildi.
Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan targ‘ibotchilarning barchasi ham o‘z ishining ustalari, yetakchi va tashabbuskor. Maktablaridan yangidan-yangi iqtidorlarni kashf etib, ularning yuzaga chiqishi uchun mehnatini ayamagan. Demak, targ‘ibotchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy.
Ammo, shunga qaramay, surxondaryolik vakil, Sherobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Otabek Berdiqulovning xizmati e’tibor-u e’tirofdan chetda qolmadi. Vohadoshimiz tanlovning respublika bosqichida ham faollik ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun