“Uyma-uy” loyihasi amalda

Date:

Har kim o‘z ishi va vazifasiga vijdonan yondashadi. Kimdir e’tiborli, mas’uliyatli, kimdir esa yo‘q. Jamiyat esa ayni shu mas’uliyatga qarab vakolatli shaxsni qabul qiladi, hurmatlaydi. Demak, insonning qaysi yo‘lni tanlashi, uning o‘zigagina bog‘liq. Shu jumladan deputatlarning ham. Deputat deganlari doimo tanqid va e’tirozlarga sabab bo‘ladi. Hatto, ko‘pchilik o‘z hududidagi deputatni tanimasligini aytadi. To‘g‘ri, bunday mas’uliyatsizlikni kechirib bo‘lmaydi. Ammo, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilbar Normurodovani saylagan shahardagi Farhod MFY ahli adashmagan ekan. Sababi ular tanlagan deputat doimo xalq bilan, ularning ko‘ngliga qo‘l solib, muammolariga quloq tutadi. O‘z navbatida so‘rovnomalar kiritib, har qanday muammoni hal etishga harakat qiladi.
Bu safar ham deputat shahardagi Farhod mahallasida bo‘lib, mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglash uchun uyma-uy yurdi. Hol-ahvol so‘rash bahonasida oilalarning shart-sharoitini, yashash tarzini o‘rgandi, ularni qiynayotgan muammolarini so‘radi. Kimdir salomatligini tiklash uchun ko‘mak so‘ragan bo‘lsa, ushbu murojaat egasiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Gaz ta’minotidagi muammo esa ko‘pchilikni qiynab kelayotgani haqiqat. Shu sababdan ham hududdagi ta’mirtalab gaz gerpisi mas’ullar tomonidan ayni deputatning jonbozligi sabab tuzatildi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun