95 NAFAR AFG‘ONISTONLIKKA DIPLOM VA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Date:

Inson qaysidir kasb yoki hunarga qiziqqani bilan uni o‘rganishga ishtiyoq va turtki bo‘lmasa, u shunchaki qiziqishligicha qolib ketaveradi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi” (UNDP) tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv kurslari orqali ana shunday qiziqish va havasni ro‘yobga chiqarish mumkin bo‘ldi.

95 nafar o‘quvchi-yosh “tikuvchilik”, “turizm” hamda “AKT” yo‘nalishlarida tahsil oldi, soha sirlarini o‘rgandi. Bunga esa roppa-rosa 10 oy kerak bo‘ldi. Bu muddat ichida yoshlar tikish-bichishda usta bo‘lishgan bo‘lsa, “Agrobiznes” yo‘nalishida esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, undan daromad ko‘rish sirlarini puxta egalladilar.

Yurtimizda tobora rivojlanib borayotgan turizm sohasi bo‘yicha egallangan bilimlar esa tizimda o‘z yo‘lini topishlarida turtki bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Ayniqsa, “AKT” yo‘nalishi IT sohasiga qiziqtiribgina qolmay, bu orqali mo‘may daromad manbaiga ega bo‘lishni ham amalda isbotlab berdi.

O‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlar olishdi, balki viloyatda mavjud sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, IT PARK va mehmonxonalar hamda nomoddiy madaniy meʼros faoliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida bevosita joylarda bo‘lib, qo‘shimcha ravishda amaliy darslarda ham bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Mashug‘otlarni samarali tashkil etish maqsadida, professor-o‘qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari dars jarayonlariga jalb qilindi.

Bugun o‘quv kurslarini tamomlayotgan yoshlar 10 oy burungi yoshlar emas. Ularning har birining yuz-ko‘zida o‘ziga bo‘lgan ishonch, sohada o‘z yo‘lini topishni qat’iy maqsad qilishgani yaqqol sezilib turibdi. Ana shunday bitiruvchilarga o‘quv kurslarini tamomlaganlik haqida sertifikatlarning topshirilishi katta bayramga ulanib ketdi. Tantanali ravishda sertifikatlar topshirilib, ustoz va murabbiylar bitiruvchilarning keyingi faoliyatiga omad va rivoj, bir so‘z bilan aytganda, “oq yo‘l” tilashdi. Endilikda ushbu bitiruvchi-yoshlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha mustaqil ravishda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari, g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishlari mumkin.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun