RAQSIGA MAFTUN BO‘LIB…

Date:

Har qanday kuy va qo‘shiqni unga hamohang tarzda ijro etiladigan raqs bilan tomosha qilish maroqli, chunki bu kishiga estetik zavq ulashadi. Har qanday tomoshabin raqqosaning mahoratiga mahliyo bo‘lib, uning nozik harakatlarini, noz-u ishvalarini kuzatib, tasanno aytish mumkin. Ha, raqs ijrosi ham bir san’at. Bu ishni hamma ham udda qila olmaydi.

Ko‘nglida san’atga oshno bo‘lgan ulug‘ bir ishqi bor insongina sohada o‘zini sinab ko‘rishi, tomoshabinlar qalbidan joy olishi mumkin. O‘zbek san’atidagi ana shunday san’at ahllari, raqqosalar bizga yaxshi tanish. Ularning ijodini hurmatlab, e’zozlab, doimo sevib tomosha qilamiz.


Sho‘rchi tumanidagi 57-sonli madaniyat markazi xodimlari “Raqs sanʼatiga bag‘ishlangan umr” nomli konsert dasturini namoyish etishdi. Ustoz Mehriniso Murtazayeva rahbarligida tashkil etilgan konsert dasturidan o‘rin olgan har bir chiqish, har bir ijro yodda qolarli va takrorlanmas bo‘ldi. Konsertga tashrif buyurgan borki, tomoshadan zavq olib, o‘tgan vaqtidan achinmagan bo‘lsa, ajab emas.
Konsert davomida o‘zbekcha, uyg‘urcha, surxoncha va boshqa yo‘nalishdagi raqslarni tomosha qilish mumkin bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun