Sariosiyo o‘g‘loni — Osiyo chempioni

Date:

Kurash — alp o‘g‘lonlarning qonidagi jo‘shqinlikni, bilagidagi kuchni ko‘rsatib beradi. O‘zbek o‘g‘lonlari qayerda maydonga tushib kurashishmasin, bobolari ruhi qo‘llaydi. Butun vujudi bilan kurashga tushadi-da, mardi-maydon bo‘ladi. Xangjauning Xioshan Linpu Gymnasium sport saroyida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham xuddi shunday bo‘ldi.
Musobaqaning dastlabki kunida 8 ta vaznda bahslar bo‘lib o‘tdi. Polvonlar o‘z vazn toifalarida kuch sinashdilar. 19 ta mamlakatdan 80 dan ortiq kurashchining har biri kuchli, har biri epchil va g‘oliblikka da’vogar deyish mumkin. Ular orasida +100 kilogramm vazn toifasida Sariosiyo o‘g‘loni, 4 karra jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov ham bor edi. U barcha raqiblarini yengib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun