82,6 foiz fuqaro ovoz berdi

Date:

30-aprel kuni erta tongdan barcha uchastkalarda ovoz berish jarayoni uyushqoqlik bilan boshlandi. Kun oxiriga, ya’ni 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati hududidagi 860 ta referendum uchastkasida 1 million 173 ming 256 nafar yoki ro‘yxatga olingan ovoz beruvchilarning 82,5 foizi ovoz berdi. Okrug bo‘yicha 1 million 422 ming 129 nafar ovoz beruvchi ro‘yxatga olingan.


E’tirof etish kerakki, uchastkalarda fuqarolarning referendumda ishtirok etishlari, ovoz berishlari uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratildi. 685 ta saylov uchastkasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida, 58 tasi kollej, litsey va texnikumlarda, 13 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 19 tasi tibbiyot muassasalari, sanatoriy va dam olish maskanlarida, 7 tasi oliy o‘quv yurtlari binolarida, 25 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 33 tasi adliya, davlat xizmatlari, madaniyat va sport markazlarida, 16 tasi harbiy qism va ozodlikdan mahrum etish muassasalarida, 4 tasi tadbirkorlik subyektlari binolarida faoliyat yuritdi va Surxondaryo ahlining munosib ovoz berishi ta’minlandi.


Jarayonni kuzatgan borki, ko’ngli iftixorga to’ladi. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 473-referendum uchastkasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 102 yoshli Hayit Musayev ham referendumga ishtirok etib, ovoz bergan bo’lsa, tug‘uruq majmuasidagi onalar ham ovoz berishdi.
Ayni kunda nikoh to’ylarini o’tkazayotgan kelin-kuyovlar uchun esa referendum sanasiga to’g’ri kelgani qo‘shaloq bayramga aylandi. Oila qurish ostonasiga turgan yoshlar uchastkalarga tashrif buyurib, o’zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalandilar.


Ma’lum bir sabablarga ko‘ra ovoz berish uchun uchastkaga kela olmagan fuqarolarning yashab turgan xonadonlariga bevosita brogan holda ovoz berish jarayonida ishtiroki ta’minlandi. Uchastkalardagi ovoz berish jarayonlarining adolatli, shaffof o‘tishini keng jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalarning, mahalla fuqarolar yig‘inlarining, OAV vakillari bevosita kuzatib bordi. Ovoz berish jarayoni kech soat 20:00 gacha davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun