Yolg‘on ma’lumot tarqatgan jarima to‘laydi

Date:

Har kim axborot olish va ijtimoiy tarmoqlardan istagancha foydalanish huquqi va imkoniga ega. Bu imkondan esa har kim turlicha foydalanadi. Foydalanish madaniyati, etikasi haqida kimdir o‘ylar, kimdir esa yo‘q. Nima bo‘lganda ham hech bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining kimningdir qadr-qimmatini kamsishga yoki obro‘sizlantirishga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatishga haqli emas. Inson huquqlari qonun bilan himoyalangan bo‘lib, ayni shu holatda yolg‘on ma’lumot tarqatgan BHMning 50 baravari miqdorida jarima solinishga sabab bo‘ladi.
Ushbu harakat maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin takroran sodir etilsa, 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin. Qolaversa, fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilganda, unga nisbatan yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonning o‘rni huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim.
Mana shunday holatlarda fuqarolar sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...

Har bir xonadon — alohida yondashuv

Kambag‘allikni qisqartirishda umumiy choralar emas, har bir oilaning imkoniyati...
KunTun
KunTun