Ta’tilda sayohat

Date:

Ona Vatan haqidagi taasurotlarimiz va muhabbatimiz uni kezganda, tarixi bilan tanishib, buguni bilan qiziqqanimizda, o‘zimizni befarq sanamaganimizda tug‘iladi.

Sayohatni, tanishuvni avvalo tug‘ilib o‘sgan makonimizdan boshlamoq lozim. Ana shundagina tarix jonlanadi, kitobimizdagi zerikarli sanalgan ma’lumotlar, raqamlar qizg‘in tus olib, uni o‘qib o‘rganishga, bilishga qiziqish paydo bo‘ladi.

Qishki ta’tilni maroqli tashkil etish bahonasida ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning tarixiy qadamjolar va madaniy meros obyektlari bilan tanishtirish, olam-olam taassurotlar olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Yangi yilda – Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat” tadbirlari tashkil etilmoqda.

Haftalik davomida muzrabotlik o‘quvchi-yoshlar madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlarga tashrif buyurishni reja qilishgan edi. Rejaga muvofiq 60 nafar yigit-qiz Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz hayvonot bogʻi, “Ice berg” muz saroyi, Al-Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat majmualari kabi diqqatga sazovor hamda ekoturizm joylarga sayohat qilishni boshlab yuborishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...
KunTun
KunTun