Ishtirokka munosib rag‘bat

Date:

Sportga qaratilgan e’tibor, albatta, yoshlarni u yoki bu sport turiga qiziqishiga, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilayotir. Qay sport turi haqida gap ketmasin, voha yoshlarining yutuq va muvaffaqiyatlari maqtanishga arzigulik.
Ayni shunday gimnastikada ham e’tibor, qiziqish kam emas. Bolajonlarning 3 yoshidan gimnastikaga kirib kelishi muvaffaqiyatli o‘rganishning garovi bo‘lib xizmat qilyapti. Termiz shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Asila Ro‘ziboyeva ham bolalikdan gimnastikaga mehr qo‘ygan yoshlardan. Har bir harakatni gimnastika murabbiyidan mohirlik ila o‘rganib takrorlaydigan qizaloq turli tanlov va musobaqalarda, bayram tadbirlarida anchayin faol.
Asilaning nozik harakatlari, nafis raqslari esa uni kuzatayotganlarning e’tiborini tortmay, mehrini qozonmay qo‘ymaydi. Shuning uchun ham u qayd etgan natijalar e’tiborga molik. Yosh gimnastikachi qizaloq Tojikistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etdi. O‘zi kabi raqibalari ham mohir gimnastikachilar. Ana shunday murosasiz bellashuvda Asilaxonning ishtiroki faxrli 1-o‘rinni munosib ko‘rildi va 25 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun