“Tuman prokuroridan minnatdorman…”

Date:

Doimiy ravishda tashkil etilib kelinayotgan sayyor qabullar sabab xalqning og‘iri yengil, muammosi hal bo‘lib kelmoqda. Bu esa xalqning davlatga, siyosiy boshqaruvga bo‘lgan ishonchi va ixlosini oshirishga xizmat qilayotir. Ana shunday sayyor qabul sabab Sho‘rchi tumanidagi “Joyilma” mahallasida yashovchi Mahbuba Choriyevaning qalbidagi armonlari arib, yuzida xotirjamlik indi.
To‘g‘ri-da, surunkali kasallikka chalingan ayolning uysizligi, bir vatan qurishga qo‘li kaltalik qilayotgani dard ustiga chiqqan chipqondek edi. Tuman prokurorining qabulida ichidagilarini noumidlarcha aytib, yordam so‘ragan bo‘lsa, hal etilishiga inonmagandi.
Ammo, qisqa vaqt ichida oddiy bir fuqaroning murojaati ijobiy yechim topib, qisqa muddat ichida tuman prokurori boshchiligida 3 xonali zamonaviy, shinam uy-joy qurib berilgani quvonchli hodisa bo‘ldi.
Mahbuba Choriyeva endi farzandlari bilan birgalikda ushbu uyda eng baxtli damlarini o‘tkazadi. Muhimi ularning-da, qo‘nim topadigan, tunlari osuda o‘tadigan uylari bor.
— Sayyor qabulda yo‘llagan murojaatim ijobiy hal etilganidan mamnunman, — deydi M.Choriyeva. – Ezgulik yo‘lida, qurilgan ushbu uy farzandlarimning kamolini ko‘rishim uchun xizmat qiladi degan umiddaman. Menga yaqindan yordam bergan tuman prokuroriga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yuksalish” harakati Latviya bilan hamkorlikda…

Latviya tashki ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi...

NOHAQLIK…

Hayotimiz tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat yaralibdiki, tabiat uning...

Termiz tumani yangi qiyofa kasb etib…

Respublikamizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Termiz tumanida ham keng...

“MAHALLA YETTILIGI” BILAN O‘ZARO HAMKORLIK AMALDA…

Bugun mahallalar jamiyat hayotining va islohotlarning boshlang‘ich nuqtasiga aylanmoqda....
KunTun
KunTun