Soyasi va mevasi ila…

Date:

Surxon vohasiga-da qorning birinchi uchqunlari tushdi. Ayni kunga qadar voha ahli “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazdilar. Va yurtimiz tabiatini yashillikka burkash uchun munosib hissa qo‘sha oldilar.
Boysun tumanidagi Yoshlar istirohat bog‘ida Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida 1000 dan ortiq tut ko‘chatlarining ekilgani ayollarning ona tabiatga nechog‘lik g‘amxo‘r ekanligini amaldagi isboti bo‘ldi deyish mumkin.
Aytish kerakki, tut ko‘chatini ekishning-da, o‘z sabablari bor. Tut odam tanasida toza qon paydo qiladi, miyaga quvvat beradi, a’zolardagi tiqinlarni ochadi, jigar va taloqning ish faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek u peshob haydovchi hamdir. Ming dardga davo tut daraxtining soyasi ham quyuq bo‘lib, ob-havoni mo‘tadil saqlashga, ekologiya sofligini muvozanatda tutishda ham xizmati katta. Shunday ekan, tumandagi Yoshlar istirohat bog‘i uzoq yillar xalq xizmatida bo‘lib, bugun ko‘chatlari qadalgan tutlar soyasi va mevasi ila barchani xushnud etadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...
KunTun
KunTun