Kontraktni to‘rtga bo‘lib to‘lash mumkin

Date:

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt mablag‘larini bir yo‘la emas, o‘quv yili davomida 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Belgilangan tartibga ko‘ra, birinchi kurs talabalari kontrakt summasining 25 foizini 15 sentyabrgacha, 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari esa 1-oktyabrgacha to‘lashi lozim. Keyingi to‘lovlar 50 foizgacha — 1-yanvargacha, 75 foizgacha — 1-martgacha va 100 foizgacha — 1-mayga qadar amalga oshiriladi.

Zarur hollarda to‘lov muddatlari uzaytirilishi mumkin. Birinchi kurs talabalari uchun bunday vakolat Davlat qabul komissiyasiga, boshqa holatlarda esa OTM rektorlariga berilgan.

Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori hamda to‘lov muddatlarini mustaqil belgilashi mumkin.

Kontrakt to‘lovi bo‘yicha shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz tizimi orqali elektron ariza yuborish mumkin.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Biroq bunda dastlab belgilangan summaning 50 foizini to‘lash talab etiladi, qolgan qismi esa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun