264 nafar vatandosh O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Date:

Mustaqillik bayrami arafasida imzolangan Prezident farmoni bilan 264 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Ular orasida bu kunni o‘nlab yillar kutgan, yurtimizda uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan vatandoshlar ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yildan buyon qariyb 26 ming nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Fuqarolikni tan olish instituti joriy etilgach esa 60 mingdan ortiq shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan.

Yangi farmon asosida fuqarolikka qabul qilinganlarning 90 nafari Surxondaryoda, 47 nafari Toshkent viloyatida, 39 nafari Qoraqalpog‘istonda, 38 nafari Sirdaryo viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida va 1 nafari Buxoro viloyatida istiqomat qiladi.

Ular uchun fuqarolik — shunchaki hujjat emas, balki yillar davomida kutilgan huquq va orzuning ro‘yobga chiqishidir. Ayrim vatandoshlar bu kunni 40 yil kutganini ta’kidlagan.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasidagi ushbu voqea insonning Vatan bilan bog‘liqligi, fuqarolik huquqining qadr-qimmati va yurtga daxldorlik tuyg‘usining naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun