Qalblarda iftixor, maydonda tantana

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Sho‘rchi tumanida bayram tantanalari boshlandi.

Tantanali tadbir tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyevning bayram tabrigi bilan ochildi. Unda xalqimiz ulug‘ ayyom bilan muborakbod etilib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarda fayz-u baraka va ertangi kunga ishonch doimo bardavom bo‘lishi tilandi.

Bayram dasturidan tuman 7-sonli musiqa va san’at maktabining iste’dodli o‘quvchilari ijrosidagi dilbar kuy-qo‘shiqlar, bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari o‘rin oldi. Ularning chiqishlari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda Xayrabod garnizoni harbiy qismi Faxriy qorovul jamoasi hamda orkestr jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari ham namoyish etildi. Harbiylarning safdagi mukammal harakatlari, yuksak mahorati va orkestr sadolari bayram maydoniga o‘zgacha tantanavor ruh bag‘ishladi.

Mustaqillik shodiyonalariga ulanib ketgan ushbu bayram dasturi xalqimizning Vatanga sadoqati, tinch va farovon hayotga shukronasi hamda ertangi kunga yuksak ishonchini namoyon etgan yorqin tadbirlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun