Ko‘pyillik orzular ushaldi

Date:

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Surxondaryoda aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yanada kengaymoqda. Mahallalarda zamonaviy sport inshootlarining barpo etilishi nafaqat hududlarni obodlashtirish, balki yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Bugun Termiz shahrining Manguzar mahallasida ko‘p yillar davomida ta’mirtalab va qarovsiz holatda bo‘lgan o‘yingoh zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.

Yangilangan maskanda futbol maydoni, “Vorkaut” va “Stritbol” maydonchalari barpo etilib, hudud obodonlashtirildi. Sport bilan shug‘ullanuvchilar va tomoshabinlar uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, nuroniylar, sportchi yoshlar va bolalar bilan samimiy suhbatlashdi. Yig‘ilganlarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan muborakbod etar ekan, zamonaviy o‘yingoh, avvalo, mahalla yoshlari va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir davomida bolalarga sport anjomlari ham topshirildi.

Eng muhimi, yillar davomida mahalla aholisini qiynab kelgan muammo bartaraf etilib, uning o‘rnida yoshlar va aholi uchun zamonaviy, obod va ochiq sport maskani yaratildi. Bu kabi ezgu ishlar Mustaqillik bayrami arafasidagi bunyodkorlik va yangilanishlar ruhini yanada yuksaltirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...

35 bolajon uchun unutilmas bayram

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

264 nafar vatandosh O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Mustaqillik bayrami arafasida imzolangan Prezident farmoni bilan 264 nafar...
KunTun
KunTun