852 nafar shaxs afv etildi

Date:

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida insonparvarlik va kechirimlilik tamoyillarining yana bir amaliy ifodasi sifatida 852 nafar shaxs afv etildi.

Prezident tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.

Farmonga ko‘ra, 604 nafar shaxs jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etiladi. Yana 52 nafar shaxsga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, 81 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 7 nafar chet el fuqarosi, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs, shuningdek, 375 nafar yosh, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor.

Mazkur qaror jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘lini tanlagan shaxslarga yangi imkoniyat berish hamda ularning hayotini qayta boshlashiga ko‘maklashish kabi ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun