“Zaytun” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi

Date:

​Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Termiz shahrida aholi hamda shahrimizga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.
​
Bugun  shahrimizda “Javohirbek Surxon qurilish” MChJ tomonidan barpo etilgan va umumiy qiymati 2 million AQSh dollarini tashkil etuvchi zamonaviy “Zaytun” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi.

​Tantanali ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev, shahar hokimining o‘rinbosarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar ushbu yangi inshoot Mustaqillik bayrami oldidan shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan munosib tuhfa bo‘lganini ta’kidlab, tashkilotchilarga va mehmonxona jamoasiga muvaffaqiyatlar tilashdi.
​
Ushbu 100 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy majmua so‘nggi urfga mos barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘z ichiga shinam mehmonxona xonalari hamda yuqori darajadagi restoran xizmatini oladi. Eng muhimi, loyihaning ishga tushirilishi natijasida 30 nafardan ortiq mahalliy aholi va yoshlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi.

​Yangi va muhtasham maskan shahrimiz turistik jozibadorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda shahar iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun