Surxondaryoliklar mukofotlandi

Date:

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida 19 nafar surxondaryolik ham bor.

Viloyat hokimligida ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda bir guruh vohadoshlarimizga orden va medallar hamda “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mukofotlanganlarni mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, davlatimizning yuksak mukofotlari va esdalik ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.

Marosimda so‘zga chiqqan mukofot sohiblari ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va bildirilayotgan ishonch uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik izhor etdilar. Ular ushbu e’tirofni Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada katta mas’uliyat bilan mehnat qilishga undovchi yuksak ishonch sifatida qabul qilayotganlarini ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun