“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan yirik loyiha — “Sangardak” turizm majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmua hududida umumiy qiymati 76 million dollarlik 152 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda 37 ta obyekt — mehmon uylari, bungalov va shale uylar, restoran, ayvonlar, zipline, arg‘imchoq hamda boshqa xizmat ko‘rsatish maskanlari ishga tushirildi.

Sayyohlar uchun eng muhim yangiliklardan biri Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan 1 535 metr uzunlikdagi zamonaviy dor yo‘li bo‘ldi. Mazkur inshoot yiliga 800 ming nafargacha sayyohga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Majmua hududida 14 kilometr ichimlik suvi, 4,2 kilometr oqova suv va 3,2 kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 3 ta suv rezervuari, 8 ta transformator punkti barpo etildi. Shuningdek, 4 kilometr yo‘l asfaltlanib, tashrif buyuruvchilar uchun zarur infratuzilma yaratildi.

“Sangardak” turizm majmuasining foydalanishga topshirilishi Sariosiyoning betakror tabiati va turizm salohiyatini namoyon etish, hududga sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish hamda yangi xizmat va tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun