“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

Date:

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat bo‘ylab 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyektining ishga tushirilishiga start berdi.

Quvonarlisi, ushbu marosim doirasida Surxondaryoda 9 ta yirik investitsiya va ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Ularning orasida Uzun tumanida “Uzun AgroStar” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan zamonaviy agrokompleks ham bor.

2,5 gektar maydonni egallagan majmua xurmo va anjir mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan. Bu yerda 2 ming tonnalik sovutgich, 10 ming tonnalik omborxona, quritish va qadoqlash binolari, laboratoriya, o‘quv markazi hamda yotoqxona tashkil etildi.

Loyiha doirasida xurmo va anjir yetishtirish sirlarini o‘rgatuvchi “Xonadon maktabi” yo‘lga qo‘yilib, 46,6 gektarda xurmo plantatsiyasi hamda Xitoy texnologiyasi asosida 2 gektarlik issiqxonada anjir yetishtirish tashkil etildi.

Agrokompleksning ishga tushirilishi hududda meva yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, mahsulotlarni eksport qilish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida 500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi, yiliga 350 milliard so‘mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va 20 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida ishga tushirilgan ushbu majmua Surxondaryoning agrar salohiyatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun