Istiqlol — muqaddas qadriyat

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 57-sonli umumta’lim maktabining ma’naviyat o‘qituvchisi, shoir A. Madartov so‘zga chiqib, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li haqida fikr yuritdi.

Tadbir davomida Vatan mustaqilligi xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati ekani, tinchlik va osoyishtalikni asrash, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash harbiy xizmatchilarning muqaddas burchi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, xalqimizni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida birlashtiruvchi ezgu maqsad ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar Vatan tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat burchlarini sidqidildan bajarishlarini bildirdilar.

Mazmunan boy va ruhiy ko‘tarinkilikda o‘tgan tadbir harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, istiqlol qadrini chuqur anglash hamda birlik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

I.Tojiboyev,
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun