Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar davom etmoqda. Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “35 yilga — 35 ko‘chat” aksiyasi ham ana shunday amaliy tashabbuslardan biridir.
Aksiya doirasida tut, katalpa, archa va Sharq tuyasi kabi daraxt ko‘chatlaridan 35 tup ekilib, yashil hududlarni kengaytirishga hissa qo‘shildi. Tadbirda ekologiya sohasi xodimlari, yoshlar va mahalla faollari faol ishtirok etdi.
Aksiyaning muhim jihati — ekilgan ko‘chatlarni nafaqat ekish, balki ularni asrab-avaylash va parvarishlashga ham e’tibor qaratilayotganidir. Ayniqsa, issiq kunlarda ko‘chatlarni muntazam sug‘orish va zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Zero, bugun ekilgan har bir nihol — kelajak avlod uchun musaffo havo, obod muhit va yashil makon demakdir.

