Arxeologiyada zamonaviy yondashuvlar: xalqaro tajriba

Date:

Tarixiy merosni chuqur o‘rganish bugun zamonaviy texnologiyalar va xalqaro ilmiy hamkorlik bilan yanada keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Bu boradagi tajriba almashinuvi olimlar uchun yangi tadqiqot usullarini o‘zlashtirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Rossiyaning Tatariston Respublikasida 10–23-avgust kunlari o‘tkazilayotgan XIII Xalqaro Bolgar arxeologiya maktabida faol ishtirok etmoqda.

Xalqaro yozgi maktabda Belarus, Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston va Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashib, arxeologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda.

Tadbirda sun’iy intellekt, raqamli arxeologiya, geologik va geofizik tadqiqotlar, geodeziya hamda 3D modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy munozara va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

TerDU vakillari xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalarni arxeologik tadqiqotlarga tatbiq etish hamda kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Bunday xalqaro ilmiy muloqotlar tarixiy merosni zamonaviy usullar asosida o‘rganish va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun