Vaucherlar topshirildi

Date:

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi shodiyonalari arafasida Termiz shahrida inson qadrini ulugʻlash va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek “Manguzar” mahallasida “Mehr dargohi” MCHJ hamda Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Ushbu yangi loyiha ruhiy holatida buzilish boʻlgan hamda 1- va 2-guruh nogironligi bor shaxslarga kunduzgi vaqtda sifatli parvarish berish, ularni reabilitatsiya qilish, mustaqil hayot va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu xizmat oila aʼzolarining koʻnglini xotirjam qilib, oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishlariga katta yengillik beradi.

​Ushbu xayrli va zamonaviy ijtimoiy xizmatdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 65 nafar nogironligi bor bolalarning ota-onalariga maxsus vaucherlar topshirildi.

​Mustaqillik bayrami oldidan berilgan ushbu vaucherlar ehtiyojmand oilalarga haqiqiy bayram tuhfasi boʻlib, bolajonlarning jamiyatga integratsiyalashuvi hamda ularning mustaqil hayotga qadam qoʻyishida muhim omil boʻladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun