Bugungi kunda mamlakatimizda mahallalarni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, hududlarning me’moriy qiyofasini yangilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish “Yangi O‘zbekiston” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Muzrabot tumanining Do‘stlik mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” loyihasi doirasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Hozirda xonadonlarning tashqi ko‘rinishi zamonaviy uslubda yangilanmoqda, eski paxsa devorlar o‘rniga mustahkam zaborlar qurilmoqda. Ichki ko‘chalar obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari ham faol olib borilmoqda.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Do‘stlik mahallasi zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay va obod maskanga aylanadi.

