Chorvachilik zamonaviylashtiriladi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish, chorvachilik tarmog‘ini intensiv va raqamli asosda rivojlantirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida Muzrabot tumanidagi “Mehnat rohat” xususiy korxonasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan chorvador fermerlar, veterinar mutaxassislar va soha rahbarlari ishtirok etdi. Muhokama markazida yuqori genetik salohiyatga ega naslli qoramollarni olib kelish, embrion va sun’iy urug‘lantirish texnologiyalarini keng joriy etish, veterinariya xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy parvarish usullari hamda ozuqa bazasini mustahkamlash masalalari turdi.

Mutaxassislar naslchilikni ilmiy asosda tashkil etish, kasalliklarning oldini olish va raqamli monitoring tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Seminar yakunida ishtirokchilar ilg‘or tajribalar bilan tanishib, o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, “Mehnat rohat” korxonasi tashabbusi bilan “Chorvachilik maktabi” tashkil etilmoqda. U orqali marhum Qurbon bobo Amirqulovning boy tajribasi yosh avlodga yetkazilib, sohada malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun