ID-kartalari topshirildi

Date:

Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, fuqaroligi bo‘lmagan va mamlakatimizda doimiy yashab kelayotgan shaxslarga fuqarolik berildi.

Mazkur Farmon asosida Jarqoʻrgʻon tumanida 15 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi MvaFRB boshligʻi Alisher Xoʻjamberdiyev yangi fuqarolarga ID-kartalarni topshirib, ularni ushbu muhim voqea bilan qutladi.

Uchrashuvda ishtirokchilar O‘zbekiston fuqaroligini olishni bayramga ajoyib tuhfa deb baholab, minnatdorlik bildirdilar. Bu qaror inson huquqlarini ta’minlash va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun