Obod mahalla — hamjihatlik mevasi

Date:

Mahalla qiyofasini o‘zgartirish faqat qurilish ishlari bilan emas, balki fuqarolarning birdamligi va tashabbuskorligi bilan ham chambarchas bog‘liq. Muzrabot tumanining “Do‘stlik” mahallasida aynan ana shunday hamkorlik muhiti shakllanmoqda.

Hududda ichki yo‘llarni tartibga keltirish, beton lotoklar va piyodalar yo‘laklarini qurish, sanitariya-tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Obodonlashtirish tadbirlarida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Eshqobil Sobirov va nuroniylar ham faol ishtirok etib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuvlarda fuqarolar xonadonlari va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, mahalla obodligiga daxldorlik bilan yondashishga da’vat etilmoqda. Bunday hamjihatlik bunyodkorlik ishlarining samaradorligini oshirib, mahallada yanada qulay va fayzli yashash muhitini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun