Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Date:

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular uni qatlamma-qatlam ochib beradi. Surxon davlat qo‘riqxonasining Xatak bo‘limidagi g‘or ana shunday noyob manzillardan biri bo‘lib, bugun ham dunyo arxeologlarining e’tiborida.

Miloddan avvalgi 100–40 ming yilliklarga oid madaniy qatlamlarga ega ushbu g‘orda 2022-yildan buyon o‘zbek va fransiyalik olimlar hamkorligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar davomida neandertal odamlar ovchilik va kundalik hayotda foydalangan qadimiy tosh qurollar hamda hayvon suyaklaridan yasalgan noyob buyumlar aniqlandi.

Dastlab arxeolog Xolyor Oynazarov tomonidan aniqlangan mazkur tarixiy maskandagi topilmalar ibtidoiy insonlarning turmush tarzi, mehnat faoliyati va hudud bo‘ylab tarqalishi haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda Xatak g‘orida qazishma va ilmiy tahlil ishlari izchil davom etmoqda. Har bir yangi topilma esa insoniyatning uzoq o‘tmishiga oid yana bir muhim sahifani ochishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun