Mehnatga munosib ehtirom

Date:

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash — mehnatning qadrini ulug‘lash, yosh avlodni esa sadoqat va mas’uliyat ruhida tarbiyalashning muhim ifodasidir.

Termiz shahrida Surxondaryo viloyatining ko‘p yillik halol mehnati, boy hayotiy tajribasi va jamiyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan e’tirof etilgan mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida mehnat faxriylarining yurt ravnaqi va yoshlar tarbiyasidagi xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga ko‘krak nishonlari bilan birga bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

Bu e’tirof mehnat va fidoyilikning qadri hamisha yuksak ekanini, hayotini yurt taraqqiyotiga bag‘ishlagan insonlar jamiyatimizning bebaho boyligi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun