Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Date:

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro hamkorlik ko‘lami bilan ham belgilanadi. Yangi sherikliklar esa sifatli ta’lim, zamonaviy tajriba va global imkoniyatlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Shu maqsadda Termiz davlat universiteti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Daejin University universitetiga rasmiy tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgiladi.

Muzokaralar yakunida xalqaro biznes, pedagogika, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, Termiz davlat universitetida koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Mazkur tashrif Termiz davlat universitetining xalqaro maydondagi hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish, zamonaviy ta’lim tajribalarini joriy etish va talaba-yoshlar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun