Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Date:

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli byudjet tizimining shaffofligini oshirish maqsadida Prezidentning 2026-yil 29-iyundagi PQ–243-son qarori bilan ushbu yo‘nalishda qator yangi tartib va imkoniyatlar belgilandi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab deputatlar “Ochiq byudjet” portalida o‘zlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda tegishli saylov okrugi bo‘yicha qo‘shimcha g‘oliblar maxsus komissiya qarori asosida aniqlanadi.

2027-yil 1-yanvardan esa sheriklik loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tizimlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, mobil ilovalarda loyihalar ro‘yxati hamda tashabbusli byudjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, qiymati BHMning 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi ham joriy etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun