Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Date:

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda kitobxonlikni targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Oltinsoy tumanidagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Maktab kutubxonachisi Xojanova Ra’no boshchiligida o‘quvchilar hamda jamoa a’zolariga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, mutolaa uchun kitoblar ulashildi. Tadbir davomida kitobning inson tafakkuri, ma’naviyati va ijodiy salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Mazkur tashabbuslar yoshlar orasida kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun