Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Date:

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy sportimiz — kurashni ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida Bosh prokuror kubogi musobaqasining Surxondaryo viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqada vohaning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qariyb 120 nafar yosh polvon ishtirok etdi. Bellashuvlar erkaklar o‘rtasida 5 ta, ayollar o‘rtasida esa 4 ta vazn toifasida tashkil etildi. Bahslarda ishtirokchilar kurash bo‘yicha puxta tayyorgarligi va yuksak mahoratini namoyish etib, murosasiz bellashuvlar orqali g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqa yakunida o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun