Anomal issiq ob-havo sharoitida tabiatni va yashil maydonlarni saqlab qolish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda o‘z vaqtida ko‘rilayotgan choralar muhim ahamiyatga ega.
Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida daraxt va butalarning qurib qolishining oldini olish maqsadida sug‘orish ishlari muntazam olib borilmoqda. Sug‘orish tadbirlari suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun asosan tonggi va kechki salqin paytlarda amalga oshirilmoqda. Bu usul daraxtlarning namlikka bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga yordam bermoqda.
Natijada milliy bog‘ning yashil qiyofasi saqlanib, ekologik muvozanat mustahkamlanmoqda.

