Ko‘p yillik daraxtlar gʻamxoʻrlik ostida

Date:

Atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni ko‘paytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu yo‘nalishda bank tuzilmalari ham faol ishtirok etmoqda.

“O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi hududida ko‘p yillik daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida daraxtlar tag qismi ochilib, ularni sug‘orish va agrotexnik ishlov berish amalga oshirildi. Bu ishlar daraxtlarning sog‘lom o‘sishi, ildiz tizimining mustahkamlanishi hamda hududni yanada ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladi.

Bunday tashabbuslar nafaqat atrof-muhitni asrashga, balki kelajak avlodlar uchun qulay yashash muhitini yaratishga ham muhim hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun