Qizil hududlar tanqidiy o‘rganildi

Date:

Jinoyatchilikning oldini olish, hududlarda xavfsiz muhitni yaratish va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish — ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda viloyat IIB rahbariyati tomonidan tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Timur Ismailov boshchiligidagi ishchi guruh “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Uzun tumanida bo‘ldi.

Ishchi guruh avval qizil toifadagi “O‘zbekiston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini tahlil qildi. Shuningdek, Malandiyon mahallasidagi profilaktika inspektorining xizmat uyi, obodonlashtirish ishlari va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazdi.

Keyingi bosqichda tumani hokimligida viloyat IIB boshlig‘i Timur Ismailov va tuman hokimi Xabibulla Bozorov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish, raqamlashtirish, xonadon va obyektlarni qo‘riqlashga jalb etish hamda oilaviy-maishiy nizolar va jinoyatlarning barvaqt oldini olish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun