Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish borasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan navbatdagi loyiha ham aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Alpomish mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etildi. Qurilish ishlari “TALLASHQON-INVEST” MChJ tomonidan amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov hamda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov obyektni ko‘zdan kechirib, uni belgilangan talablar asosida qisqa muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Yangi bog‘cha yaqin kunlarda o‘z eshiklarini kichkintoylar uchun ochishi rejalashtirilgan.

